Call-center: 1154

Yoshlar siyosati

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJda

YOSHLAR SIYOSATI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106 sonli Farmoni hamda 2017 yil 18 iyuldagi “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3138 sonli qarorining ijrosini ta'minlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashi tashkil etilgan.

  “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Yoshlar ittifoqi Yetakchilar kengashining asosiy vazifalariga:

• elektroenergetika sohasi yoshlarining professional salohiyati va iqtidorini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish;

• yosh mutaxassislarni elektroenergetika sohasida innovasion loyihalarni amalga oshirishga jalb etishga ko‘maklashish;

• elektroenergetika sohasi yoshlarining intellektual, ma'naviy, axloqiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish;

• yoshlarni ijtimoiy sohadagi tadbirlarga jalb qilish, xususan, ularning salomatligi va ijtimoiy farovonligini ta'minlash, yoshlar orasida  ommaviy sportni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish;

• salohiyatli yoshlarni rahbarlik lavozimlariga tayyorlash, kadrlar zaxirasini yaratish va boshqalar.

  Shuningdek, Yetakchilar kengashi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar chiqarish hamda ularning ishini muvofiqlashtirib borish vakolatiga ega.

 

  • 259
Diqqat! Veb-sayt test holatida ishlamoqda.