ALOQA UCHUN

TOSHKENT SHAHRINING 2 TA TUMANIDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTIDA VAQTINCHALIK UZILISH BO‘LADI

Toshkent issiqlik elektr stansiyasidan (TashGRES) chiquvchi LDOK-1,2-110 kV bo‘lgan yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘ida qulash xavfi mavjud tayanchlar almashtirilishi munosabati bilan Yunusobod va Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.

Yunusobod tumanida: 5, 6, 7, 9 dahalarda va “Hasanboy” mahallasida;

Olmazor tumanida: Ahil, Yangi toshkent, Oltinsoy, Qichqiriq, Moyqo‘rg‘on, G.G‘ofurov, Paxta, Ibrohim ota mahallalarida hamda “DOK” podstansiyasiga ulangan korxona va tashkilotlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilish bo‘ladi.

Shuningdek, 4-Toshkent Issiqlik markazi, “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ ga qarashli Chuqursoy podstansiyalarida ham elektr energiyasidan uzilishlar kuzatiladi.

Keltirilgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

  • 30.04.2019
  • 534