Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida "Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining talaba-yoshlar va yosh tadqiqotchilari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yosh mutaxassislarni sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, energetika tizimidagi transformatsiya jarayonlari hamda kelgusidagi istiqbolli rejalar bilan yaqindan tanishtirildi.


Muloqot davomida Boshqaruv raisi mamlakatimizda elektr energetikasi sohasida olib borilayotgan keng kо‘lamli islohotlar, jumladan, tarmoqlarni modernizatsiya qilish, raqamlashtirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish bо‘yicha muhim ma’lumotlarni taqdim etdi. Shuningdek, korxonada kadrlar salohiyatini oshirish, yoshlarni qо‘llab-quvvatlash va ularni ish bilan ta’minlash borasidagi ishlarga alohida tо‘xtalib о‘tildi.


Uchrashuv davomida talabalar о‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etib, sohadagi ish sharoitlari, amaliy kо‘nikmalarni oshirish imkoniyatlari hamda stajirovka dasturlari haqida batafsil javoblar oldilar.


Samimiy va ochiq muloqot ruhida о‘tkazilgan tadbirda yoshlarning kasbiy yо‘nalishini aniqlash hamda ularni sohaga bо‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbir yakunida Boshqaruv raisi tomonidan oliy о‘quv binosi bog‘iga manzarali kо‘chat о‘tkazildi.
