ALOQA UCHUN

G‘OLIBLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Avval xabar berilganidek, Anqara shahrida turkiy davlatlar o‘rtasida taqsimlovchi elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatuvchi elektromontyorlar o‘rtasida mahorat musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi a’zolari musobaqa jarayonida namoyon etgan yuksak diqqat-e’tibori, ehtiyotkorligi va kasbiy mahorati bilan yuqori natijani qayd etdi. Hakamlar hay’ati qaroriga ko‘ra, jamoa “Eng diqqatli mutaxassislar” nominatsiyasiga loyiq deb topildi.

Kuni kecha O‘zbekistonga qaytib kelgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi Boshqaruv raisi S. Isakulov tomonidan munosib taqdirlandi. G‘oliblarga Jamiyatning tashakkurnomalari hamda pul mukofotlari topshirildi.

Ma’lumot o‘rnida: An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur xalqaro musobaqada “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi doimiy ravishda yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

  • 30.09.2026
  • 14
Sayt xaritasi