ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Jizzax va Sirdaryo hududiy filiallarida faoliyat yuritayotgan 100ga yaqin yosh xodimlar ishtirok  etdi. 

Mazkur uchrashuv Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan muloqotida vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni”ni tashkil etish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar, sohadagi islohotlar, kasbiy rivojlanish, innovatsiyalarni joriy etish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Boshqaruv raisi yoshlarning savollariga batafsil javob berib, ular bilan erkin va samimiy suhbatlashdi. Shuningdek, ilgari surilgan taklif va tashabbuslarni atroflicha ko‘rib chiqish hamda ularni amaliyotga joriy etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berdi.

Tizimda faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarning tashabbuskorligi va bilim salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning kasbiy o‘sishi uchun zarur sharoitlarni yaratish jamiyat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanishi alohida ta’kidlandi.

Tadbir sо‘nggida Boshqaruv raisi va ishtirokchilar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida  maxsus ajratilgan hududga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekiladilar.

  • 14.03.2026
  • 20
Sayt xaritasi