Yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslari qо‘llab-quvvatlanadi
Yurtimizda yoshlarga qaratilgan e’tibor va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarning salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularga munosib sharoitlar yaratish borasida qator huquqiy va institusional islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Toshkent viloyati Bо‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi va tizimda faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan uchrashuvda aynan mana shunday imkoniyatlardan keng foydalangan holda ona Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qiladigan fidoyi insonlar bо‘lib kamol topish haqida alohida sо‘z yuritildi.

Uchrashuv avvalida boshqaruv raisi 2025-yil 26-dekabrdagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va О‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida keltirib о‘tilgan ustuvor vazifalar xususida alohida tо‘xtalib, bu borada kelgusida soha vakillari oldiga qо‘yilgan muhim topshiriqlar va bularda yoshlarning о‘rni haqida о‘z fikrlarini aytib о‘tdi.

Qayd etilganidek, sohada mavjud muammolar, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish, raqamlashtirish masalalarida yosh xodimlarning faol ishtirokini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi.


Ochiq muloqot tarzida о‘tkazilgan uchrashuvda yoshlar soha rivoji yо‘lida xizmat qiladigan qator yangi g‘oya va tashabbuslarini bildirdi. О‘z navbatida barcha fikrlar inobatga olinib, kо‘tarilgan muammolarga joyida yechim topish choralari kо‘rildi va yoshlarning barcha tashabbuslari qо‘llab-quvvatlanishi alohida ta’kidlandi.


Tadbir yakunida о‘z mehnati va tashabbuskorligi bilan boshqalarga о‘rnak bо‘lgan yosh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.