ALOQA UCHUN

ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

ENERGETIKLAR MUNOSIB TAQDIRLANDI

Bugun, 22-dekabr kuni “Hududiy elektr tarmoqlari” AJda iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berishdek mas’uliyatli vazifani mashaqqat bilan ado etayotgan bir guruh kasb fidoyilarini munosib taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unda tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan soha xodimlari, faxriy energetiklar va markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va uning tarkibiy korxonalarida 24 mingdan ortiq ishchi xodimlar iste’molchilarga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida tunu-kun faoliyat yuritishmoqda.

Xususan, hozirgi qish oylarida tizimda 24 soatlik ish rejimiga o‘tilgani, “Tezkor dispetcherlik shtabi”, aholi murojaatlarini tunu kun qabul qilish hamda tezkor hal etish bo‘yicha tizimli ishlar bajarilayotgani xalqimiz turmush farovonligini ta’minlashga xizmat qilib kelmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisi Asrorjon Asqarov yig‘ilganlarni bayram munosabati bilan samimiy tabriklab, ularga sihat-salomatlik, ishlariga rivoj va muvaffaqiyatlar tiladi.

Tadbir so‘nggida o‘z mehnati va jonkuyarligi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘layotgan xodimlarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energetika faxriysi”unvoni hamda tashakkurnomalari topshirildi.

  • 22.12.2025
  • 85
Sayt xaritasi