ALOQA UCHUN

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etgan  ulgurji isteʼmolchilar  bilan hisob-kitob masalasi muhokama qilindi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etgan 
ulgurji isteʼmolchilar  bilan hisob-kitob masalasi muhokama qilindi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori asosida tasdiqlangan maqsadli ko‘rsatkichlarga binoan, ijtimoiy soha obektlari va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalari hamda iqtisodiyot tarmoqlari  korxonalari, vazirlik va idoralar binolarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari keng joriy etilmoqda.

Mazkur qarorga asosan bugungi kunda ulgurji isteʼmolchilar bilan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda ishlab chiqarilgan elektr energiyasining ehtiyojdan ortiqcha qismini sotib olish bo‘yicha shartnomalar imzolanmoqda.

Shu bilan bir qatorda tuzilayotgan shartnomalar va hisob-kitoblar shaffofligini taʼminlash maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning  “Elektrhisob” dasturiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib mazkur dastur asosida barcha hisob-kitoblar amalga oshirilmoqda.

Bugun Elektr energiyasini sotishni avtomatlashtirish Markazida  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning barcha tarkibiy korxonalari  masʼul xodimlari ishtirokida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etgan ulgurji isteʼmolchilar  bilan tuzilayotgan shartnomalarni “Elektrhisob” dasturiga kiritish, ular bilan hisob-kitoblarni yuritish masalalari” muhokamasi bo‘yicha o‘quv-seminari tashkillashtirildi.

Mazkur o‘quv-seminarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etgan ulgurji isteʼmolchilar bilan tuzilayotgan shartnomalarni “Elektrhisob” dasturiga kiritish, ular bilan hisob-kitoblarni yuritish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishda qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob olishdi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  • 22.11.2023
  • 651
Sayt xaritasi