ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AYOL XODIMALARI TIBBIY KО‘RIKDAN О‘TKAZILDI

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ AYOL XODIMALARI TIBBIY KО‘RIKDAN О‘TKAZILDI

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan Jamiyatda faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qо‘llab-quvvatlash, gender tengligini ta’minlash, mehnat faoliyatini amalga oshirishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, Jamiyatning barcha jabhalaridagi jarayonlarida ularning ishtiroki va faolligini oshirish kabi samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Jamiyat rahbariyati tomonidan ayol xodimalarning salomatligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilayotgani tufayli bugun ularning mehnat muhofazasi ta’minlanib, ish unumdorligi ortmoqda.

Bugun, 16 noyabr kuni  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tashabbusi hamda О‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamkorligida ijro apparati ayol xodimalarining salomatligini tekshirish, ularda yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan kasalliklarni barvaqt aniqlash, profilaktika amaliyotlarini о‘tkazish va kerakli maslahatlar berish maqsadida Yunusobod tumanining 50-son oilaviy poliklinikasida tibbiy kо‘rik tashkil etildi.

Bu yerda ayollar turli qon tahlillari, ultratovush diagnostikasi hamda tor doiradagi – kardiolog, LOR, nevropatolog, oftalmolog, endokrinolog va ginekolog kabi malakali shifokorlar kо‘rigidan о‘tkazildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Matbuot xizmati

  • 16.11.2023
  • 3362
Sayt xaritasi