ALOQA UCHUN

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun Matbuot anjumani va Press-tur boʻlib oʻtdi

“Hududiy elektr tarmoqlari”AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari uchun Matbuot anjumani va Press-tur boʻlib oʻtdi.

Matbuot anjumanida, OAV xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktor o’rinbosari S.G’ayipova tomonidan 2023/2024-yil kuz qish mavsumida iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga barqaror elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma'lumot berilib, Tezkor dispetcherlik xizmati faoliyati bilan tanishtirildi.

OAV vakillariga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali markaziy omborxonasidagi zahira materiallari (mahsulotlari) avariyali holatlarni tezkor bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan brigadalarga yaratilga sharoitlari va "Markaziy ta'mirlash ustaxonasi"da transformator punktlarining ta'mirlash jarayoni hamda Qo'shko'pir tumanida xodimlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilmalar xaqida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Texnik direktorning past kuchlanishli tarmoqlar bo’yicha o’rinbosari I.Botirov hamda Mustaxkamlik va xavfsizlik texnika xizmati boshlig’i F.Matkarimovlar tomonidan ma'lumot berildi.

Press-tur davomida Urganch tumanida joylashgan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Temir beton tayanchlari va travers mahsulotlarini ishlab chiqarish sehining ish jarayoni hamda Xiva tumanida yangidan qurilgan "Beregin" podstansiyasida iste'molchilarni sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi ko'rilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishishdi.

Bo'lib o'tgan Matbuot anjumani va Press-turda OAV vakillari oʻzlarini qiziqtirgan savollariga jamiyat direktor o'rinbosarlari va bo'lim boshliqlari tomonidan javob oldilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ

 Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

 

  • 07.11.2023
  • 651
Sayt xaritasi