ALOQA UCHUN

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI BARQAROR SAQLAB KELMOQDA

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ “FITCH RATING” AGENTLIGINING XALQARO KREDIT REYTINGINI BARQAROR SAQLAB KELMOQDA

“Fitch Rating” xalqaro reyting agentligining joriy yil 18 sentabrdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning xalqaro indikativ reytingini “BB-” “Barqaror” darajada qayta tasdiqladi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, xalqaro reyting Agentligi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holati, balki moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yо‘nalishlari ham chuqur о‘rganildi va tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, mazkur reyting jahonning investitsiya bozorlarida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni aniq va ravshan biznes strategiyasi, shaffof moliyaviy holati va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.

О‘z navbatida, qо‘lga kiritilgan mazkur yutuq kelgusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning iqtisodiy barqarorligini yanada oshirishga xizmat qilish bilan birga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishda xorijiy kreditlarni davlat kafolatisiz tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri jalb qilish imkoniyatini beradi.

Jamiyat ushbu erishilgan yutuq bilan chegaralanib qolmaydi, albatta. Kelgusi yillarda reyting darajasini yanada oshirish hamda uni barqaror saqlab qolish yо‘lida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda mamlakatimiz elektr energetikasi tizimini izchil rivojlantirishga qaratilgan faoliyatini samarali davom ettirishga intiladi.

Ma’lumot uchun: “Fitch Ratings” – xalqaro reyting agentliklarining “Katta tо‘rtlik” deb atalmish birligidan о‘rin olgan.

  • 22.09.2023
  • 1299
Sayt xaritasi