ALOQA UCHUN

QO'SHMA QO'MONDONLIK-SHTAB O'QUV MASHQLARI O'TKAZILDI

“Xorazm viloyatida 2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, betalafot o‘tkazish, energetika hamda gaz tizimini barqaror ishlashini ta’minlash, aholi va iqtisodiyot tarmoqlariga elektr energiyasi va gaz resurslarini yetkazib berishda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish” mavzusida Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari olib borildi.

O'quv mashqlar davomida "Hududiy elektr tarmoqlari" "AJ Xorazm hududiy filialining ma'muriy binosidagi dispetcherlik markazi va zahira materyallar ko'zdan kechirilib, Urganch tuman hududidagi "Do'stlik" podstansiyasidan chiquvchi "Chotko'pir" 10 kVli elektr uzatish tarmog'ida yuzaga kelgan  favqulodda nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf qilish va iste'molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish bo'yicha o'quv mashqlari bo'lib o'tdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 28.08.2023
  • 840
Sayt xaritasi