ALOQA UCHUN

"MEVAZOR" MAHALLASIGA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Sirdaryo hududiy filiali tomonidan og‘ir hududlar sirasiga kiritilgan mahallarda elektr ta’minotini yanada yaxshilash maqsadida belgilangan rejaga asosan transformator punktlari va elektr uzatish tarmog‘i tortish ishlari amalga oshirilmoqda.

Guliston shahar elektr ta'minoti tomonidan "Mevazor" mahallasida iste’molchilarning elektr ta’minoti yaxshilanmoqda. Mahalla hududidagi 3 ta ko'chaga 62 dona temir-beton ustunlar o'rnatildi.

Endilikda "Mevazor" mahallasiga 2 km SIP havo tarmog'i tortish va quvvati 250 kVA bo'lgan transformator punkti o‘rnatish ishlari olib boriladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Sirdaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 24.08.2023
  • 427
Sayt xaritasi