ALOQA UCHUN

QAT'IY INTIZOM FAOLIYAT SAMARADORLIGI KAFOLATIDIR

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filialida xodimlarning odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etish, shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish choralari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Boshqaruv raisining o‘rinbosari O. Alimardonov, viloyat prokuraturasi bo‘lim prokurori I. Jumayev,  filial direktori M. Shamsiddinov va  boshqa mutasaddilar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Surxondaryo hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 22.08.2023
  • 432
Sayt xaritasi