ALOQA UCHUN

“ISLOMOBOD” MAHALLASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO’RILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish hamda aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun rejali dastur ishlab chiqilgan va bu borada hozirda hududlarda rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari keng yo’lga qo’yilgan.

Xususan, Andijon shahrining markaziy mahallalaridan biri bo’lgan  “Islomobod” MFY hududida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish uchun Nimstansiya "Andijon" dan chiquvchi "Islomobod" elektr uzatish tarmog’ining 6 kV kuchlanishli 63- va 254-sonli transformator punkti oralig'idagi yer osti kabel tarmog’ida nosozlik yuzaga kelganligi sababli ushbu nosozlikni bartaraf qilish maqsadida 6 kVli  yangi havo tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 17.08.2023
  • 439
Sayt xaritasi