ALOQA UCHUN

KORRUPSIYA – JAMIYAT KUSHANDASI

Kuni kecha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpoq hududiy filialining barcha quyi tizimlari xodimlari (Zoom orqali) ishtirokida korrupsiya va uning oldini olish bo‘yicha profilaktik amaliy seminar yig‘ilishi tashkil etildi.

 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari O. Alimardonov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuratura va adliya boshqarmalari mas’ullari ishtirokida o‘tgan tadbirda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yo‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning o‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik masalalari keng muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, shuningdek, yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar, mazkur illatni bartaraf etishning qonuniy asoslariga batafsil to‘xtalib o‘tildi. 

Xususan, Korrupsiyaga qarshi kurashda juda muhim bo'lgan ikki hujjat – O'zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi Qonuni va uning asosida davlatimiz rahbarining «Korupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qarori haqida atroflicha ma'lumot berildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Qoraqalpoq hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 16.08.2023
  • 430
Sayt xaritasi