ALOQA UCHUN

“BESHTOL” MAHALLASIDA YANGI TARMOQ TORTILMOQDA

Avval xabar berganimizdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga asosan Jalaquduq tumanining “Ittifoq” mahallasi tarkibidagi 11 ta ko’chalarda yashovchi aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish uchun amaliy ishlar boshlab yuborilgan edi.

Hozirda loyiha hujjatlariga asosan ushbu hududga temir-beton tayanchlarni o’rnatish ishlari davom etmoqda.

Shuningdek, tumanning “Beshtol” MFY hududida 73-sonli maktab barpo etilgan bo’lib, hozirda tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan yangi o’quv yili uchun ushbu maktabni to’liq elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi tarmoq tortish ishlari olib borilmoqda. 

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 15.08.2023
  • 341
Sayt xaritasi