ALOQA UCHUN

ENG CHEKKA HUDUDLAR OBOD BO’LMOQDA

Qo’rg’ontepa tumanining eng chekka hududlaridan biri “Toshloq” mahalla aholisini qiynab kelayotgan elektr energiyasidan bo’lgan muammolar hal etilmoqda. Boisi ushbu mahallada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus Farmoyishiga asosan belgilangan ishlar boshlandi.

“Toshloq” MFY hududida 200 dan ortiq aholining xonadonlarini yanada yorqin qilish maqsadida eski simyog’ochlar o’rniga yangi 100 dan ortiq temir-beton tayanchlar o’rnatilmoqda.  

 Shuningdek, ushbu mahallada loyiha hujjatlariga asosan quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti o’rnatish hamda 2,2 km uzunlikdagi yangi tarmoq qurish ishlari belgilangan.

Hozirda qurilish ishlari davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 11.08.2023
  • 396
Sayt xaritasi