ALOQA UCHUN

“DO’STLIK” MAHALLASIDA YANGI 6 KV HAVO TARMOG'I QURISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

Andijon viloyatining har bir hududida tegishli dastur va farmoishlar asosida belgilangan ishlar tizimli olib borilmoqda.

Xususan, Andijon shahrida yashovchi aholi xonadonlariga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Farmoyishiga asosan modernizatsiya ishlari davom etmoqda.

Hozirda shaharining “Do'stlik” MFY, Mirbolti ko'chasi hududiga o’rnatilgan yangi quvvati 250 kVA bo’lgan transformator punktini ishga tushirish uchun 6 kV havo tarmoq qurish ishlari amalga oshirilib, butlovchi qismlari o’rnatilmoqda.

Buning natijasida mahallada yashovchi 80 ta xonadonning elektr energiyasi barqarorlashishiga erishiladi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 09.08.2023
  • 389
Sayt xaritasi