ALOQA UCHUN

UCHKO‘PRIK TUMANINING "FAROVON" MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATOR PUNKTI O‘RNATILDI

Bugun mamlakatimizda barcha jabhalarda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar aholi turmush darajasini oshirish va hududlarning infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

"Farg‘ona HETK" AJ tomonidan hududlarda elektr energiyasi ta'minoti sifatini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan say-harakatlar, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya ishlari buning yorqin misolidir.

Uchko’prik tumanining “Farovon” mahalla fuqarolar yig’ini, uzoq yillardan buyon mahalla ahlini qiynab kelayotgan elektr ta’minotiga oid muammolari bugun o’z yechimini topmoqda.

Tegishli dastur asosida mahallaga 2 dona yangi transformator punkti hamda 170 dan ortiq yangi tayanchlar o’rnatish, 3,0 km uzunlikda yangi tarmoq tortish ishlari rejalashtirilgan bo'lib, ayni vaqtda mahallaga yangi olib kelingan quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punktini o’rnatish ishlariga kirishildi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 04.08.2023
  • 382
Sayt xaritasi