ALOQA UCHUN

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH - DAVR TALABI

Kuni kecha «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent hududiy filialining barcha quyi tizimlari xodimlari (Zoom orqali) ishtirokida korrupsiya va uning oldini olish bо‘yicha tanqidiy-profilaktik amaliy seminar yig‘ilishi tashkil etildi.

 

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruv raisi о‘rinbosari O. Alimardonov, Toshkent viloyati DXX, prokuratura va adliya boshqarmalari mas’ullari ishtirokida о‘tggan tadbirda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, korxonada korrupsiyaviy omillarni yо‘qotish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, mansabdor shaxslarning о‘z mansab vakolatlarini suiiste’mol qilmasliklari bо‘yicha tо‘xtalib о‘tildi.

Yig‘ilishda, shuningdek, korrupsion xavf-xatarlar va muammolarni aniqlash, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish masalalari ham alohida tahlil etildi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 31.07.2023
  • 382
Sayt xaritasi