ALOQA UCHUN

FARG’ONA SHAHRIDAGI “OYBEK” PODSTANSIYASI TA’MIRLANDI

“Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan Farg'ona shahri hamda Farg'ona tumanining ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta'minlovchi 110/35/6 kVli "Oybek" podstansiyasida belgilangan rejaga muvofiq ta'mirlash ishlari olib borildi.

Mutaxassislar tomonidan mazkur podstansiyada bo‘yoqlash, mavjud kuch transformatorini moy sathini rostlash, elektr qurilmalarni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish ishlari bajarildi.

Ma’lumot o’rnida mazkur podstansiya Fargʼona shahrining 14 dan ortiq hamda Fargʼona tumanining 2 ta mahalla hududlari, Fargʼona shahrida tashkil etilgan "Koʼprik xoʼjaligi" hududidagi kichik sanoat zonasi,   bundan tashqari shaharning 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaydi.

Mavsum oldi olib borilgan bu kabi amaliy ishlar natijasida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklar oldi olinib, elektr qurilmalar orqali sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlashga xizmat qiladi.

"Farg‘ona HETK" AJ matbuot xizmati.

  • 28.07.2023
  • 451
Sayt xaritasi