ALOQA UCHUN

MARHAMAT TUMANINING BIR NECHTA MAHALLALARIGA TRANSFORMATOR PUNKTLARI KELTIRILDI

Hozirda Marxamat tumanining bir nechta mahallalarida elektr energiyasi ta’minotidagi muammo va kamchiliklar o’rganilgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tumanning  “Dukchi eshon” MFY hududidagi Davon koʼchasiga 1 dona quvvati 160 kVА boʼlgan transformator punkti hamda 26 dona temir-beton tayanchlar olib kelib oʼrnatildi. 

Shuningdek, “Paxtakor” MFY hududidagi Sohibkor koʼchasiga 1 dona quvvati 160 kVА boʼlgan  transformator punkti olib kelindi va 10 dona temir-beton tayanchlar oʼrnatildi. Yana bir mahalla – “Toʼlgʼa” MFY tarkibidagi Umidbaxsh ko’chasiga 10 dona temir-beton tayanchlar olib kelinib oʼrnatish ishlari amalga oshirildi.

Yuqoridagi tizimli ishlar natijasida ushbu mahallalarda yashovchi jami 368 dan ortiq aholi xonadonlarini elektr taʼminoti yaxshilanib, barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 28.07.2023
  • 465
Sayt xaritasi