ALOQA UCHUN

TOSHLOQDA MAXSUS-TAKTIK O'QUV MASHQI O'TKAZILDI

Toshloq tuman elektr ta’minoti korxonasi hududida tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan maxsus-taktik o'quv mashg’uloti tashkil etildi.

O‘quv taktik mashg‘uloti favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish, avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalariga ega bo‘lgan guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek favqulodda vaziyatlar havfi vujudga kelganda, insonlar hayotini muhofaza qilish hamda moddiy zararni kamaytirish maqsadida mavjud kuch-vositalarni, avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirishga tezkorlik bilan safarbar qilishga qaratilgan.

Korxonada tashkil etilgan guruhlar tomonidan tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularni bartaraf etish ishlari tadbir ishtirokchilariga ko‘rsatib berildi.

Har bir jarayon mutahassislar tomonidan kuzatib borilib, tadbir yakunida guruhning harakat qilish vaqtida hato va kamchiliklari, erishilgan yutuqlari borasida tushuntirishlar berildi.

“Farg‘ona HETK” AJ matbuot xizmati.

  • 26.04.2023
  • 542
Sayt xaritasi