ALOQA UCHUN

«RUBOIY» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL VA MAVSUMIY TAʼMIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

«RUBOIY» PODSTANSIYASIDA MUKAMMAL VA MAVSUMIY TAʼMIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tomonidan poytaxt isteʼmolchilariga elektr energiyasini barqaror yetkazib berish hamda podstansiya qurilmalarini soz holatda ishlashi uchun filial tasarrufidagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarda kapital hamda joriy taʼmirlash, modernizatsiya va qayta taʼmirlash ishlari jadal suratlarda olib borilmoqda. 
Xususan, Toshkent shahar filiali tasarrufidagi poytaxtning Chilonzor tumani hududini elektr energiyasi bilan ta`minlovchi 110/35/10 kVli «Ruboiy» podstansiyasida mukammal taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. 

Jumladan, 110/35/10 kV bo`lgan «Ruboiy» podstansiyasida 2 ta 25000 kVAli va 1 ta 15000 kVA bo`lgan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan transformatorilar oʻrnatilgan. Ushbu podstansiyada 40 ortiq yacheykalar mavjud bo`lib, bu yacheykalardan tuman hududida joylashgan erkin sanoat zonalari, «Beshqo`rg`on» MFY, Sergeli tumanining ayrim aholi yashash hududlari hamda ishlab chiqarish korxonalari, Toshkent metropolitenining yangi Chilonzor yo‘nalishidan Sergeli yo‘nalishiga tushgan yangi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetib boorish mumkin bo`lgan 4 ta bekatlarini elektr energiyasi bilan ta`minlaydi. 

Ayni vaqtda, uskunalarni montaj ishlari yakunlangan va sozlash-bo`yoqlash ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, Jamiyat tasaruffidagi podstansiyalarda bahor mavsumi davrida elektr qurilmalarni ishonchli ishlashi hamda roʻy berishi mumkin boʻlgan nosozliklarga yoʻl qoʻymaslik maqsadida, KRUN, yacheykalar va moyli oʻchirgichlar mukammal taʼmirdan chiqarildi. Podstansiyada oʻrnatilgan moy toʻldirilgan elektr qurilmalarda moy sathi meʼyor darajasiga keltirildi. Elektr qurilmalardagi mavjud kontakt birikmalar pireometr vositasida tekshirilib, nosozliklar bartaraf etildi. 

Shu bilan birga, Podstansiyaning ishchi-brigada aʼzolari tomonidan yuqori kuchlanishga ega boʻlgan transformatorlardagi rele himoya vositalari va avtomatikalar taʼmirdan chiqarilib, sinovdan oʻtkazilmoqda. Hozirda, 110/10 kVli «Yalangʻoch» Podstansiyasida elektr qurilmalarini boʻyoqlash ishlari yakunlanib, elektr energiyasi yetkazib berish uchun shay holatga keltirilmoqda. 

Podstansiyalarga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar bilan yilning har qanday mavsumida yuz berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalar hamda kunduzgi va tungi navbatchilikda samarali ish faoliyatini tashkil etish mavzulari yuzasidan oʻquv mashgʻulotlari ham tashkil etilgan.

Bir soʻz bilan aytganda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi 110/35/10 kVli «Ruboiy» podstansiyasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar jarayondan olingan suratlarda aks etgan boʻlib, olib borilayotgan saʼy-harakatlarning zamirida aholi, ijtimoiy soha obyektlari, kichik va oʻrta biznes vakillari hamda yirik sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlashning ishonchliligini orttirishga xizmat qilishdek maqsad mujassam.

  • 18.04.2023
  • 470
Sayt xaritasi