ALOQA UCHUN

BOG’OT TUMANINING 5 TA MAHALLASIGA YANGI TRANSFORMATORLAR O’RNATILMOQDA

Bo’g’ot tumanining "Namuna", "Yosh o’smir", "Paxtaobod", "Xunarmand" va "O’zgarish" mahallalarida  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktabrdagi 408-sonli qaroriga asosan mahallalardagi mavjud transformatorlarni yuklamasini kamaytirish maqsadida transformator punktlarini qurish hamda yangidan elektr tarmoqlarini tortish ishlari olib borilmoqda.

Xususan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan “O’zgarish” mahallasi iste’molchilarini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash ma’qsadida xozirgi kungacha mahallaning 4 ta ko’chasiga 2,2 km uzunlikdagi elektr tarmoqlari tortilib, 26 ta temir beton tayanchlari o’rnatildi va mavjud transformotorga qo’shimcha ravishda 1 dona transformotor punkti yangidan qurildi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 17.02.2023
  • 691
Sayt xaritasi