ALOQA UCHUN

SOHA ZAHMATI

Kuni kecha Boʻstonliq tumanida kuchli shamol hamda qor yogʻishi natijasida tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan taʼminlovchi tarmoqlarda nosozliklar yuzaga kelgan.

Xususan, Xoʻjakent 27 GESdan chiquvchi "Chorbogʻ 2" 110 kVt yuqori kuchlanish havo tarmogʻida uzilish sodir boʻlib, “Xumson”, “Chinor” va “Ugam” MFY hududlari elektr tarmog'idan uzilgandi.

Mazkur elektr tarmogʻi Chirchiq daryosi ustidan oʻtganligi sabab taʼmirlash ishlariga viloyat hududidan 20 nafar qoʻshimcha xodim jalb qilinib, nosozliklar bartaraf etildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 14.02.2023
  • 599
Sayt xaritasi