ALOQA UCHUN

DASTURLAR IJROSI – AMALDA

Mamlakatimizda "2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida"gi 408-sonli qaror ijrosini ta’minlash maqsadida, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida Urganch shahrining “Al-Xorazimiy” va “Hamjihatlik” mahallalarida rejali ishlar davom etmoqda.

Xususan, “Al-Xorazmiy” mahallasida yangidan 3,9 km uzunlikdagi elektr tarmog’i va 26 dona temir-beton tayanchlarini o’rnatish hamda “Hamjihatlik” mahallasida 12,9  km uzunlikdagi elektr tarmog’ini yangidan qurish va 53 dona temir-beton tayanchlarini o’rnatish ishlari olib borilmoqda.

Ushbu ishlar natijasida mahallalardagi 400 ga yaqin  xonadon aholisi sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlanadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 06.02.2023
  • 412
Sayt xaritasi