ALOQA UCHUN

NAMANGAN VILOYATIGA YANGI ZAMONAVIY TRANSFORMATOR PUNKTLARI OLIB KELINDI

Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishi hamda aholi turmush farovonligi о‘sishi energiya manbalariga ehtiyojni oshirishi tabiiy. Shu ma’noda, bugungi kunda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash muhim va dolzab masalalardan sanaladi.

E’tiborlisi, tizimdagi muammolar bosqichma-bosqich bartaraf etilyapti. Jumladan, Namangan viloyati aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash bo‘yicha “Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali tomonidan qator chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalda tatbiq etib kelinmoqda.

Kuni kecha “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan quvvati 160, 250 hamda 400 kVA bo’lgan 10 dona yangi zamonaviy transformator punkti olib kelingani namanganliklarga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish imkonini oshiradi.

Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Namangan hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 19.12.2022
  • 1100
Sayt xaritasi