ALOQA UCHUN

YANGI ZAMONAVIY TRANSFORMATOR PUNKTLARI VA SIP KABEL TARMOQLARI OLIB KELINDI

Bugungi kunda Respublikamizda manzilli dasturlar ijrosini taʼminlash, aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash doirasida tizimli ishlar koʼlami kundan-kunga ortib bormoqda. 

Ma’lumki qish fasli kelib havo haroratining keskin sovib ketishi aholining elektr energiyaga boʼlgan ehtiyojini yanada oshiradi.

Aholiga yanada sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari”AJ tomonidan quvvati 160 va 250 kVA bo’lgan 15 dona yangi zamonaviy transformator punktlari hamda 35 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari olib kelindi.

Ushbu transformator punktlari viloyatimizning Asaka, Jalaquduq, Xo’jaobod, Paxtaobod, Andijon tumanlarining muammoli va o’ta og’ir hududlariga yo’naltirildi.


Hozirda hududlarda transformator punktlarini o’rnatish ishlari boshlab yuborilgan.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 16.12.2022
  • 699
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Sayt xaritasi