"CHIG‘ANOQ" MAHALLASIDA YANGI TARMOQ QURISH ISHLARI OLIB BORILMOQDA
Pop tuman elektr ta’minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan aholini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash, hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy holatni yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, "Chig‘anoq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan "Besari" kо‘chasida yangi havo tarmog‘ini qurish uchun 95 dona temir-beton tayanchlari olib kelinib о‘rnatildi. Hozirda 2,7 km masofaga yuqori va past kuchlanishli SIP kabellari tortish ishlari bajarilmoqda.
Ushbu hududda yana qо‘shimcha quvvati 250 kVA bо‘lgan 1 dona yangi zamonaviy transformator punkti olib kelib о‘rnatildi.
"Namangan HETK" AJ matbuot xizmati.