XAVFSIZLIK TEXNIKASIGA RIOYA QILISH – DOIM E’TIBOR MARKAZIDA
«Qoraqalpoq HETK» AJda xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish va baxtsiz hodisalarning oldini olishga bag‘ishlangan seminar bо‘lib о‘tdi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi xizmati boshlig‘i M. Egamqulov tadbirda ma’ruza qilib, yig‘ilganlar e’tiborini tizimdagi baxtsiz hodisalarning aksariyati ekspluatatsiya ishlarini bajarishda “Kuchlanishni о‘chir!”, “Kuchlanish yо‘qligini tekshir!” va “Yerga ulanishni о‘rnat!” kabi sohaning oltin qoidalariga rioya etmaslik tufayli sodir bо‘layotganiga qaratdi. Ta’kidlanganidek, yuqoridagi qoidalar har bir xodimning kundalik shioriga aylanishi kerak.
Seminar yig‘ilishida “О‘zenergoinspeksiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bо‘limi boshlig‘i U. Sabirov ishtirok etib, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, xodimlarning о‘z hayotiga befarq bо‘lmasligi tо‘g‘risida ma’ruza qildi.
Seminar sо‘ngida yig‘ilish ishtirokchilari о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
«Qoraqalpoq HETK» AJ matbuot xizmati.