ALOQA UCHUN

FARG‘ONADA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN MAYNING FERMASI ANIQLANDI

FARG‘ONADA ELEKTR ENERGIYASIDAN NOQONUNIY FOYDALANAYOTGAN MAYNING FERMASI ANIQLANDI

"Farg‘ona HETK" AJ hamda tegishli tashkilotlar vakillari hamkorligida ayni kunlarda hududlarda iste’molchilarning noqonuniy elektr energiyasidan foydalanishlarini oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari о‘tkazilmoqda.

Qо‘qon shahrida о‘tkazilgan navbatdagi tungi reyd tadbiri davomida shaharning "Achchiqkо‘l" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan parrandachilik sexida fuqaro M.N. elektr hisoblagichsiz, о‘zboshimchalik bilan mayning qurilmalari, sovutish va yoritkich moslamalari hamda boshqa elektr qurilmalarini tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri elektr tarmog‘iga ulagan holda, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlangan hamda mazkur holat bо‘yicha dalolatnoma rasmiylashtirilgan.

Dastlabki qayta hisob-kitoblarga kо‘ra, M.N. tomonidan “Farg‘ona HETK” AJ manfaatiga 2,8 mln.kVt. yoki 2,5 mlrd.sо‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan  noqonuniy foydalanilgan mayning fermalariga nisbatan 5 barobar о‘suvchi koyeffitsiyent qо‘llanib, 12,3 mlrd sо‘m mablag‘ undirishga hujjatlar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 5 barobar о‘suvchi koyeffitsiyent bilan jarima tariqasida 9,9 mlrd.sо‘m qо‘shimcha xisob-kitob qilindi.

Hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan mazkur holat yuzasidan о‘rganishlar olib borilmoqda.

“Farg‘ona HETK” AJ Matbuot xizmati

  • 30.10.2023
  • 1111
Sayt xaritasi