ALOQA UCHUN

TOSHKENT VILOYATI: BARCHA PODSTANSIYALAR MUKAMMAL TA’MIRDAN CHIQARILADI

Ma’lumki, bugungi kunda iste’molchilarni barqaror, sifatli va xavfsiz elektr energiyasi bilan ta’minlash tizim oldida turgan dolzarb va muhim masalalardan biridir. Shundan kelib chiqib, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining tegishli topshirig‘iga asosan Jamiyat tasarrufida bо‘lgan barcha elektr uskuna va jihozlar, shu jumladan, podstansiyalardagi mavjud qurilmalar kо‘zdan kechirilib, ayni paytda ularning ishonchli va mustahkam ishlashini ta’minlash maqsadida mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent hududiy filiali Quyichirchiq tuman elektr ta’minotiga tegishli 35/10 kVli “Mingchinor” podstansiyasida tashkil etilgan seminar ham viloyat hududida bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish va tо‘g‘ri tashkil etishga bag‘ishlandi.

Seminar ochilishida ishtirok etgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mutasaddilari tuman va shahar elektr ta’minoti xodimlari tomonidan mazkur podstansiyada mukammal ta’mirlash ishlari bajarilishida ahamiyat berish lozim bо‘lgan zarur jihatlarga tо‘xtalib о‘tishdi.

Ta’kidlanganidek, о‘tgan davr mobaynida 35/10 kVli “Mingchinor” podstansiyasi orqali hududdagi aholi va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 4000 kVA quvvatdagi kuch transformatori yangi 10000 kVA quvvatdagi transformatoriga almashtirildi. Bundan tashqari eski rusumdagi tarqatish qurilmalari о‘rniga yangi, zamonaviy K-59 rusumidagi tarqatish qurilmalari о‘rnatilib, podstansiya hududini obodonlashtirish ishlariga ham alohida ahamiyat qaratildi.

Seminar davomida, shuningdek,  bu boradagi ishlarni sifatli tashkil etishda, avvalo, xodimlarning bilim saviyasi, tajriba va kо‘nikmalarini oshirish zarurligi, buning uchun esa tajribali muhandis va energetiklar ishtirokida shu kabi о‘quv-seminarlar muntazam о‘tkazilishi maqsadga muvofiqligi qayd etib о‘tildi.

Xodimlarning mehnat jarayonida ularning xavfsizligini ta’minlash, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyatini saqlashi uchun tegishli choralar kо‘rish, ayni yо‘nalishda kerakli maslahat va yо‘riqnomalar berish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Mustahkamlik va xavfsizlik texnikasi boshqarmasi boshlig‘i Murod Egamqulov. – Bugungi seminar davomida ham xodimlarga bu borada yana bir bor tushuncha va tavsiyalar berib о‘tdik.

Tadbir sо‘ngida podstansiyalarda va tarmoqlarni texnik ekspluatatsiya qilishda elektr qurilmalarning texnik holati bо‘yicha doimiy nazorat olib borish, aniqlangan kamchilik va nuqsonlarni о‘z muddatida bartaraf etish, tasdiqlangan rejalar asosida joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini sifatli bajarish yuzasidan muhim topshiriqlar berildi. Xususan, har oy kesimida bittadan Toshkent viloyati hududida joylashgan podstansiyalarni kapital ta’mirdan chiqarish belgilab olindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati.

  • 05.05.2023
  • 704
Sayt xaritasi