ALOQA UCHUN

DASTUR DOIRASIDAGI ISHLAR JADDALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

Yunusobod tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga asosan ishlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Xususan, tuman elektr ta'minoti tomonidan tumanning «Ahilobod» MFY hududidagi 10 kVli 2939-sonli transformator punktidagi mavjud 400 kVAli eski transformator yangi quvvati 630 kVA bo'lgan yuqori kuchlanishli transformatorga almashtirildi. 

Bu bilan, ushbu mahalladagi ko'p qavatli aholi yashash xonadonlaridagi 700 nafarga yaqin iste’molchining elektr energiyasi ta'minoti yaxshilanishiga erishiladi.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali мatbuot xizmati.

  • 02.05.2023
  • 415
Sayt xaritasi