ALOQA UCHUN

“MART” MAHALLASIDA AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Andijon tumanida joylashgan “Mart” mahallasi tarkibidagi ko’chalarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 oktyabrdagi “2022-2023 yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi PQ- 408-sonli qarori ijrosi boʼyicha  rekonstruksiya va  modernizatsiya ishlari tizimli davom ettirilmoqda.

Mahalla tarkibidagi Obod yo’li ko’chasiga 1 dona quvvati 160 kVA bo’lgan transformator punkti  hamda  50 dan ortiq temir-beton tayanchlar o’rnatilib, 1,2 km uzunlikdagi SIP kabel tarmoqlari tortildi.

Hozirda yangi tarmoqqa aholi xonadonlarini o’tkazish ishlari bajarilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 01.05.2023
  • 398
Sayt xaritasi