ALOQA UCHUN

AMALIY ISHLAR DAVOM ETMOQDA

Xonqa tumanining “Znaxos” mahallasida О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining “Mahallalarda infratuzilmani yaxshilash orqali aholiga qulay sharoitlar yaratish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 435-sonli qaroriga asosan amaliy ishlar olib borildi.

Ayni kunlarda dastur doirasida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan “Znaxos” mahallasida mavjud transformator punktlari yuklamasini kamaytirish maqsadida, kuchlanishi 100 kVAlik 1 dona va 2 dona 250 kVAlik transformator punktlari o’rnatildi. 

Bundan tashqari mahalla hududiga 99 dona temir-beton tayanchlari o’rnatilib, 6,5 km uzunlikda elektr tarmoqlarini qurish ishlari yakunlandi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ  Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati.

  • 26.04.2023
  • 429
Sayt xaritasi