ALOQA UCHUN

ELEKTR TARMOQLARINI YANGILASH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli qarori ijrosini ta'minlash yuzasidan, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali tasarrufidagi Mirobod, Mirzo Ulug`bek, Yunusobod tuman elektr ta’minoti tomonidan mazkur hududlaridagi iste`molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida yer osti va usti kabel tarmoqlarini yangilash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Xususan, Mirobod TET ishchi-xodimlari tomonidan tumanning “Temiryo`lchilar” hamda "Parvona” mahalla fuqarolar yig’ini hududlaridagi 1535- hamda 291-sonli transformator punktlaridan chiquvchi quvvati 0,4 kV boʻlgan past kuchlanishli elektr uzatish havo tarmolaridagi eski alyumin simlar olib tashlanib, o'rniga yangi SIP rusumidagi kabel tarmoqlariga almashtirildi.

Mirzo Ulug`bek TET ishchi-xodimlari tomonidan  ham Osiyo ko`chasi hamda «Bo`z» MFYning aholi yashash xonadonlarini sifatli elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida, yer ostidan o`tgan kabel tarmoqlarini yangilash va rekonstruksiya ishlari maxsus avtotransport vositalari yordamida olib borilmoqda.

Yunusobod TET ishchi-xodimlari tomonidan esa hududdagi 5992- hamda 5520-sonli transformator punktlari oralig`idagi yer ostidan o`tgan eski kabel tarmoqlarini yangilash uchun yangi kabel tarmog`ini tortish maqsadida boshlangan qazish ishlari o'z yakuniga yetkazilib, endilikda uzunligi 4 km bo'lgan zamonaviy kabel tarmog`i tortilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 25.04.2023
  • 669
Sayt xaritasi