ALOQA UCHUN

«ARG`IN» MAHALLA FUQAROLAR YIG‘INI HUDUDIGA YANGI TAYANCHLAR YETIB BORDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-martdagi «Toshkent shahridagi istemolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taminlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-91-sonli Qaroriga muvofiq hududlarda elektr uzatish tarmoqlarini yangilash va modernizasiya qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

Jumladan, Yashnobod tumanining «Arg`in» mahalla fuqarolar yig‘inining Abadiyat va Abadiyat 2-berk ko`chalari hududida ham dastur asosida amaliy ishlar olib borilmoqda. 

Mahalla hududiga 40 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar o'rnatish, 6 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda hududdagi mavjud transformator punktlarida joriy va mukammal ta`mirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu kunga qadar, hududga 20 dan ortiq yangi temir-beton tayanchlar o'rnatilib, 5 km uzunlikda 0,4-10 kVli yangi SIP rusumidagi elektr uzatish havo tarmoqlarini yangilash ishlari olib borildi.

Ayni vaqtda, Toskent viloyatidan Yashnobod tuman hududiga “og'ir hudud” sifatida otkazilgan ushbu MFYning elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish ishlari jadallik bilan bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali matbuot xizmati.

  • 06.04.2023
  • 521
Sayt xaritasi