Call-center: 1154

“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ JAMOASI XALQARO MUSOBAQADA G‘OLIBLAR QATORIDA

Qizg‘in va murosaasiz kechgan musobaqalarda O‘zbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Shuningdek, musobaqa yakunlariga ko‘ra, nazariy bilim sinovi va transformator podstansiyasida yuz bergan yong‘inni bartaraf etish bosqichlarida energetiklarimiz birinchi o‘rinni egallashdi. “Eng yaxshi jamoa sardori” nominasiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda esa jamoamiz sardori Yekaterina Tituxina eng yuqori o‘ringa loyiq deb topildi.


 
Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari xodimlari o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirokchi davlatlar energetiklari texnik xavfsizlik, tarmoqlarga texnik xizmat ko‘rsatish, avariyaviy holatlarda texnik va amaliy harakatlar kabi yo‘nalishlarda bahslarga kirishadi.


 
Energetiklarimizning bunday xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi sohaga bo‘lgan tajriba va ko‘nikmalarni yanada oshirish bilan bir qatorda yangi ishlanmalar va texnologik yangilanishlar bilan tanishish imkonini ham beradi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati

  • 26.09.2019
  • 580
Diqqat! Veb-sayt test holatida ishlamoqda.